Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli S.Sh. 23 yanvar kuni uyida o‘zini osib, vafot etgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, IESdagi portlash aynan u rahbarlik qiladigan sexda sodir bo‘lgan. Mazkur xabarni Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov tasdiqlagan.
IES portlash ishi bo‘yicha Angren prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ta’kidlanishicha, o‘limidan bir kun oldin S. Sh. jinoiy ish doirasida so‘roq qilish uchun chaqirilgan.
Hozircha marhum S.Sh.ning o‘zini osishiga nima yoki qanday voqelik sabab bo‘lgani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan, portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgandi. Energetika vazirligi ularning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilgandi.
Portlash oqibatida uch kishi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi