21:30 / 23.01.2021
2 718

Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi

Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi
Tibbiy tashxis natijalariga ko‘ra 22 yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 kasalligi aniqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligiga tayanib Repost ma’lum qildi.

Ushbu talaba bilan muloqot qilganlar va fakultet binosida bo‘lgan barchaga 14 kun davomida o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish tavsiya qilindi.
Mazkur chora ta’lim muassasasi binosining 4-qavatidan foydalanadigan rus tili va adabiyoti fakulteti, shuningdek, xorijiy tillar fakultetiga nisbatan joriy qilingan. Shu bilan birga, ushbu fakultetlarning an’anaviy tarzda o‘qishni boshlagan 2-kurs talabalari ikki hafta davomida masofadan turib o‘qishlari belgilandi.

«24 yanvardan boshlab har ikkala fakultetning 2, 3, 4-kurs talabalari qishki sessiyaning yakuniy imtihonlarini onlayn tarzda topshiradi. 1-kurs talabalari ikki haftadan so‘ng, 8-fevradan an’anaviy tarzda o‘qishga qaytadi», – deya izoh berdi Oliy ta’lim vazirligi.

Rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar fakulteti binosining barcha chiqish eshiklari va hududlari butunlay izolyatsiya qilingan. Hafta davomida tibbiy-sanitariya tozalash ishlari olib boriladi. Ushbu fakultetlarning hududi to‘liq yopilgan va nazorat ostiga olingan.

Qolgan barcha fakultetlarning talabalari o‘qishni davom ettirishlari va imtihonlarni oflayn rejimda topshirishlari qayd etilgan. Barcha binolarning kirish va chiqish joylariga yo‘laklar orqali har bir fakultet va kurs uchun alohida marshrutlar asosida o‘tish mumkin va ular maxsus tibbiy asbob-uskunalar hamda sanitariya jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan.

«Universitetda doimiy ravishda mutaxassis va shifokorlarning maxsus jamoasi ishlamoqda. O‘quv binolari va talabalar turar joylarida favqulodda vaziyatlar uchun izolyatorlar tashkil qilindi va yetarli miqdordagi zarur dori-darmonlar sotib olindi», – deyiladi TDPU xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi OTMlarda an’anaviy ta’lim 11 yanvardan boshlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi