07:00 / 24.01.2021
2 046

Qalbaki dollar «o‘tkazgan» ikki shaxs qo‘lga olindi

Qalbaki dollar «o‘tkazgan» ikki shaxs qo‘lga olindi
Foto: IIBB
Joriy yilning 21 yanvar kuni Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular o‘z arizasida «Chimyon» dam olish maskani hududida uch nafar noma’lum shaxs 3 ta 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyurani 3 million 25 ming so‘mga ayirboshlab, noma’lum tomonga ketgani ma’lum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora qo‘rishni so‘ragan.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qayd etilgan holatni sodir etganlikda gumonlangan uch nafar fuqaroning shaxsi aniqlanib, bir soat ichida ikki nafari ushlangan.

Gumonlanuvchilar – Qo‘qon shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan I.K. hamda Dang‘ara tumanda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.A. ekanligi aniqlanib, ulardan 4 ta 100 AQSH miqdoridagi qalbaki kupyuralar daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 176 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, uchinchi shaxsni ushlashga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbiri davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbaki dollar «o‘tkazgan» ikki shaxs qo‘lga olindi