Foto: YHXBB matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida somon ortilgan «ZIL» ag‘darilib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda yuk mashinasini YPX xodimi boshqargani aytilgan.
YHXBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 26 yanvar kuni soat 08:30 larda yuz bergan. Shu kuni belgilangan taqsimot asosida Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi J.Normurodov Sho‘rchi tumani hududiga xizmatga jalb etilgan. Xizmati davomida tuman hududida joylashgan «Chavandoz» savdo majmuasi yaqinida «Sho‘rchi-Denov» yo‘nalishida yuk tashish qoidalarini buzib harakatlanib kelgan «Gaz-53» rusumli yuk mashinasini to‘xtatgan.
Sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirib, hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan vaqtida haydovchi YPX xodimiga me’yoriy hujjatlarini taqdim etmagan.
YPX xodimi belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga boshqarib olib ketayotgan vaqtda Sho‘rchi tumani, Amir Temur va Mustaqillik ko‘chalari kesishgan chorrahada Nexia bilan to‘qnashmaslik uchun rulni o‘ng tomonga burib yuborgani sababli yuk avtomobili ag‘darilgan. Ag‘darilish vaqtida Nexia’ning old qismiga shikast yetgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi 8 sutkaga qamaldi

Navoiyda ayol kishi YPX xodimining bodikamerasi va jezl tayoqchasini olib ketdi

Haydovchi mashinasini jarima maydonchasiga olib ketmasliklari uchun uning ustiga chiqib olgan holatga YHXBB munosabat bildirdi

Haydovchi mashina jarima maydonchasiga joylanishidan norozi bo‘ldi va uning ustiga chiqib oldi

Jizzaxlik haydovchi YHXB xodimiga pora berayotgan vaqtida qo‘lga olindi

«Matiz»ning kapotiga osilib qolgan YPX xodimi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi