date
views 2 305

Har 10 gektar ekin yeridan 1 gektari yoshlarga ajratiladi

Har 10 gektar ekin yeridan 1 gektari yoshlarga ajratiladi
Foto: Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi
O‘zbekistonda har 10 gektar ekin yeridan 1 gektarini yoshlarga dehqonchilik uchun ajratish tartibi joriy etiladi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoshlar bandligi masalasida o‘tkazgan selektorida shu haqda topshiriq berdi.
Yig‘ilishda prezident Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayevdan viloyatdagi fermer xo‘jaliklari soni haqida ma’lumot so‘radi.

Viloyat hokimiga ko‘ra, ayni paytda Sirdaryoda 2684ta fermer xo‘jaligi bor. Ular o‘rtacha 80 gektardan yer maydoniga ega.
Prezident bu ma’lumotdan so‘ng hokimga shu yilning o‘zida har bir fermer 2 gektardan yerini 4 nafar yoshlarga bo‘lib berishi bo‘yicha topshiriq berdi.

«Har bir fermer 2 gektardan yerini yarim gektardan qilib, 4 nafar yoshlarga bo‘lib bersin. Ular bu yerga istagan ekinini eksin, hech kim aralashmaydi. Shu orqali kamida 10 mingdan ortiq yoshlarni ish bilan band qilgan bo‘lamiz», – dedi Mirziyoyev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Har 10 gektar ekin yeridan 1 gektari yoshlarga ajratiladi