21:43 / 04.02.2021
3 433

Buxorodagi portlashda jabrlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Buxorodagi portlashda jabrlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi
Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasidagi 9 qavatli binoda yuzaga kelgan havo gaz aralashmasi oqibatidagi chaqnash to‘g‘risida viloyat hokimligi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Bino «White Group Trading» MCHJ tomonidan (rahbari Karomatov Jamshid Jalolovich) 2019 yilda aholi tomonidan qabul qilingan buyurtma orqali qurilishi boshlangan.

Loyiha bo‘yicha 3 ta pod’ezdda jami 70 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish uchun davlat tomonidan kredit moliyalashtirilmagan.
Chaqnash vaqtida bino ichida 10 nafar quruvchi va 3 nafar gazpayvandlovchi ustalar bo‘lgan.

Chaqnash sabablari: gaz payvandlash ishlari 3 oy oldin boshlangan. 4 fevral kuni montaj to‘liq tugatilib, sinovdan o‘tkazilgan. Sinovdan o‘tkazish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda gaz quvurining to‘sgichi (zaglushka) bo‘lmaganligi sababli sizib chiqqan gaz havo bilan aralashib, chaqnash sodir bo‘lgan.

Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot:
1. Rizoyev Ahad Toshevich,1982 y.t., Kogon sh Birdamlik ko‘chasi 1 uy, ahvoli og‘ir
2. Jo‘rayeva Feruza, Buxoro sh. Chorbakr ko‘chasi, ahvoli yengil
3. O‘rinova Shaxnoza, 1981 y.t. Jondor tumani, ahvoli yengil
4. Roziqova Nargiza, 2000 y.t., Jondor tumani, ahvoli yengil
5. Jo‘rayev Bexruz, 1999 y.t., Jondor tumani , ahvoli yengil
6. Mahmudova Mohinur, ahvoli yengil

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorodagi portlashda jabrlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi