11:23 / 05.02.2021
2 455

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqariladigan korxonani ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqariladigan korxonani ko‘zdan kechirdi
Foto: «Daryo»
Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 6 mayda Farg‘ona viloyatida bo‘lganida toshdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilingan edi. Bugungi kunda ushbu loyiha Farg‘ona shahrida Fergana stone paper korxonasi bo‘lib amalga oshdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Xitoydan noyob texnologiya olib kelinib, yiliga 9 ming tonna qog‘oz tayyorlash quvvati tashkil etildi. Prezident tashrifi arafasida ushbu korxona sinov rejimida ishga tushirildi.

Toshdan yasalgan qog‘oz bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan, sellyuloza qog‘oz tayyorlash uchun juda ko‘p suv sarflanadi, zaharli moddalar borligi tufayli bu suv yaroqsiz bo‘lib qoladi. Toshdan qog‘oz ishlab chiqarishda esa suv ishlatilmaydi.

Foto: «Daryo»
Ikkinchidan, mustahkamligi, chidamliligi oddiy qog‘ozga nisbatan yuqori. O‘zidan suv o‘tkazmaydi, dog‘ yuqmaydi. Shu bois toshdan olingan qog‘oz matbaachilikda, qadoq va gulqog‘oz ishlab chiqarishda juda qulay. Tashqi bozorda xaridorgir. Korxonada 60 kishi ish bilan ta’minlandi. Davlat rahbari ish jarayonini, qog‘oz sifatini ko‘rdi.

«Qog‘oz tayyorlash qadimiy hunarmandlik yo‘nalishlarimizdan biri. O‘z davrida Samarqand qog‘ozi dunyoga mashhur bo‘lgan. Bu korxona – tarixiy an’analarning sanoat darajasida qayta tiklanishi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ham ko‘zdan kechirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi toshdan qog‘oz ishlab chiqariladigan korxonani ko‘zdan kechirdi