14:10 / 05.02.2021
2 896

«U g‘o‘daymagan, ko‘p-ko‘p og‘ir sinovlardan o‘tgan» — Shavkat Mirziyoyev Xayrullo Bozorov haqida

«U g‘o‘daymagan, ko‘p-ko‘p og‘ir sinovlardan o‘tgan» — Shavkat Mirziyoyev Xayrullo Bozorov haqida
Foto: «Daryo»
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Xayrullo Bozorov haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

«Men Bozorovni 1 yil emas, 10 yil emas, 15—20 yildan beri bilaman. U xalqparvar, g‘o‘daymagan, ko‘p-ko‘p og‘ir sinovlardan o‘tgan. Men Farg‘onaga tayyor kadrni olib keldim. Shuncha yil ishlab o‘zgarmadi, endi ham o‘zgarmaydi. Mana viloyatda 4 oy ishlab ko‘rdi, farg‘onaliklar sinovidan o‘tdi. Muammoni yelkasiga olishni biladi. Kecha menga 50 ta masala qo‘ydi. Har safar izlanishda. Men ichimda xursand bo‘ldim, lekin bildirmadim.

Chunki, rahbar muammoni qo‘yganda o‘zi uchunmas, shu xalq manfaati uchun so‘raydi. Birorta gapiga yo‘q demadim. Albatta, loyihalar uchun pul, mablag‘ kerak. Pul topish qiyin, ammo topib beramiz. Viloyatda marra katta, unga erishishi shart. Boshqa viloyatlarga o‘n qamchi bo‘lsa, Farg‘ona viloyatiga bir qamchi. Viloyatdagi, umuman har bir hokim shunday ishlaganda masala qolmasdi
», — dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «U g‘o‘daymagan, ko‘p-ko‘p og‘ir sinovlardan o‘tgan» — Shavkat Mirziyoyev Xayrullo Bozorov haqida