15:53 / 05.02.2021
2 894

Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlab sotib kelgan ayol ushlandi

Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlab sotib kelgan ayol ushlandi
Foto: «Yuz.uz»
Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlab, ularni fohishalik qilishga majburlab kelgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga tayanib, «Yuz.uz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 fevral kuni Xorazm viloyati IIB TXTB boshlig‘i nomiga R.M. ismli ayol yosh, voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlab, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlayotgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan. Shuningdek, arizada u qizlarni bir necha kunga boshqa viloyatlarga 1000-1500 AQSH dollariga doimiy ravishda sotib yuborayotganligi ma’lum qilingan.

Arizaga muvofiq tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi R.M. shartli xaridor sifatida jalb qilingan M.M.ga 2002- va 1999 yilda tug‘ilgan ikki qizni 7 kunga Samarqand viloyatiga fohishalik qilib kelish uchun 1400 dollar evaziga sotib, Xazorasp bekatida M.M.dan pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlab sotib kelgan ayol ushlandi