07:07 / 08.02.2021
1 728

Eng yaxshi aql markazlari reytingida O‘zbekiston ham bormi?

Eng yaxshi aql markazlari reytingida O‘zbekiston ham bormi?
“Global Go to Think Tank Index Report 2020” “Yetakchi aqliy markazlar reytingi”ni e’lon qilindi. Reyting BMTning ko‘magi va buyurtmasi bilan jahondagi 7 mingga yaqin tadqiqot markazlarining ekspertlarining baholari asosida Pensilvaniya universiteti (AQSh) mutaxassislari tomonidan tuzilgan.

Aqliy markazlar reytingi har yili e’lon qilinadi. 2020 yil hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 11 175 ta aqliy markazlar mavjud.
Tadqiqotda aqliy markazlar vakillari, shuningdek 4000 ga yaqin jurnalistlar, siyosatchilar, iqtisodiy va siyosiy ekspertlar sohasidagi mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan ekspert so‘roviga asoslanadi.

Reytingda ishtirok etuvchi markazlar global va mintaqaviy ta’sir darajasi bo‘yicha, shuningdek, tadqiqotlar yo‘nalishi bo‘yicha joylashtirilgan.

Biz uchun asosiy nominatsiyada – “Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida eng yaxshi aqliy markazlar” reytingida - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) 58 ta aqliy markazlar ro‘yxatida 10-o‘rinni egalladi.

Shunday qilib, Markaz mazkur mintaqada va O‘zbekistondagi eng aqliy markaz sifatida o‘z mavqeini saqlab qoldi.

Markaziy Osiyodagi eng yaxshi 10 ta aqliy markazlar ro‘yxatiga Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti, Kavkaz ilmiy-tadqiqot markazi (Ozarbayjon), Afg‘oniston tadqiqot va baholash guruhi, Kavkaz tinchlik, demokratiya va taraqqiyot instituti (Gruziya), Siyosiy tadqiqotlari instituti (Gruziya), Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Qozog‘iston), Og‘axon fondi (Afg‘oniston), Armaniston milliy va xalqaro tadqiqotlar markazi, Osiyo fondi (Afg‘oniston), Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (O‘zbekiston) kiritilgan.

Ma’lumot uchun, reytingda Afg‘oniston (46), Armaniston (32), Ozarbayjon (20), Gruziya (36), Qozog‘iston (43), Qirg‘iziston (29), Tojikiston (9) va O‘zbekiston (13) aqliy markazlari o‘rin olgan.

Umuman olganda, yil davomida Markaz tomonidan qayta nashrlar, tarjimalar va xorijiy ommaviy axborot vositalaridagi nashrlarni hisobga olmaganda 300 ga yaqin tahliliy materiallar, ma’ruzalar, 160 dan ortiq tahliliy maqolalar tayyorlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot sohasida 104 dan ortiq akademik va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shu jumladan 65 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 31 ta ilmiy markazlar (shu jumladan, 14 ta ixtisoslashgan ilmiy va amaliy markazlarni) va 8 ta boshqa ilmiy tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 130 ta oliy o‘quv yurtlari (shu jumladan ularning filiallari)da ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng yaxshi aql markazlari reytingida O‘zbekiston ham bormi?