Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning «Novobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan jami 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, uchish va qo‘nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Loyiha qiymati - 12 mlrd so‘m. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Prezidentning «So‘x tumanini 2020–2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida So‘x tumanida aerodrom qurish vazifasi topshirilgan.
O‘tgan yilning 3 iyun kuni So‘x tumani hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanni rivojlantirish bo‘yicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda eksklav hududni viloyat markazi – Farg‘ona shahri bilan havo yo‘llari orqali bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tumandagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rganilayotgani aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi