15:42 / 08.02.2021
745

Toshkentda «Kobalt» teplovoz bilan to‘qnashdi

Toshkentda «Kobalt» teplovoz bilan to‘qnashdi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent hamda Ohangaron ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil hamda 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan, O.A. boshqaruvidagi «TEM2-7084» rusumli teplovoz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)