20:35 / 08.02.2021
1 921

MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi: korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlarga keskin chora ko‘riladi

MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi: korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlarga keskin chora ko‘riladi
Yaxshi bilamiz, keyingi vaqtlarda korrupsiya illatiga o‘ralashib qolgani mansabdor shaxlarning jinoiy qilmishlari haqida OAVda tez-tez xabarlar berib borilmoqda va xabarlarning birida MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi tizimida ishlayotgan davlat ijrochisining jinoyat ustida ushlanganligi ham qayd etildi.

Darhaqiqat, jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat – korrupsiyadir. Shu sababli yurtimizda har bir sohada bu illatga qarshi ayovsiz kurash ketmoqda.

Haqiqatdan ham, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, joriy yilning 22 yanvar kuni MIB Toshloq tuman bo‘limi davlat ijrochismi U.A. fuqaro M.X.ga qarashli fermer xo‘jaligida yuzaga kelgan 70 mln. so‘mlik elektr energiyasi, soliq, davlat boji va boshqa ijro harajatlaridan qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni yopib evaziga 2000 AQSH dollari talab qilib, Toshloq tumani Zarkent qishlog‘i markazida olgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 22.01.2021 yilda Toshloq tuman bo‘limi davlat ijrochisi U.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining
210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sodir etilgan holat albatta biz uchun tashvishli, har bir xodimni yanada halol va mas’uliyatli bo‘lib ishlashi lozimligini ko‘rsatmoqda, biz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lamiz va nopok xodimlarni safdan tozalash tadbirlari davom etadi.

Ma’lumot uchun, Majburiy ijro byurosining ichki xavfsizlikni ta’minlash tarmog‘i tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari natijasida 122 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilib, qo‘pol qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan 36 nafari Byuro organlari tizimidan bo‘shatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi: korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan xodimlarga keskin chora ko‘riladi