
Cifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro J.J. boshqaruvidagi "DAF" rusumli yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada og‘zaki so‘rovda aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1 milliard 58 million so‘mlik 47 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar