13:56 / 11.02.2021
924

Ruxsat bor faqat tartibga rioya etish kerak...

Ruxsat bor faqat tartibga rioya etish kerak...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoniga Toshkent viloyati hududida turizm sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi “NUR” MCHJ dan (nomi o‘zgartirilgan) kelib tushgan murojaatda korxonaga mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan tungi vaqtda faoliyat olib borish uchun to‘sqinlik qilinayotganligi sababli ishchilar sonini qisqartirishga majbur bo‘layotganligi va bankdan olingan kredit mablag‘larini belgilangan muddatda qaytarishda muammolarga duch kelayotganligi bayon qilingan.

Masala yuzasidan Vakil Devonining tashabbusi bilan mahalliy hokimiyat, ichki ishlar va boshqa ma’sul idora vakillari ishtirokida tuzilgan Ishchi guruh mazkur maskan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 624-sonli qarori bilan belgilangan talablarga javob berishi va tungi vaqtlarda ham asosiy yo‘nalishi bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatishni davom ettirishi mumkinligi to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)