16:15 / 12.02.2021
1 719

“Yelim” operatsiyasiga nuqta qo‘yildi

“Yelim” operatsiyasiga nuqta qo‘yildi
Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida yurtimizga turli qing‘ir yo‘llar bilan olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida bojxona xodimlari tomonidan muntazam ravishda tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro B.J. boshqaruvidagi “Hunday Porter” rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinaning yukxonasida, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 100 million so‘mlik 1800 dona qurilishda foydalaniladigan yelimlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yelim” operatsiyasiga nuqta qo‘yildi