3 373
O‘zbekistonda yashayapman, o‘zbekcha gapiryapman — Ortiqxo‘jayev ruscha gapirishini so‘ragan fuqaroga javob qaytardi
Avvalroq, «Moviy gumbazlar» restorani yaqinidagi xiyobonda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jamoatchilik vakillari bilan O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab «Istiqlol» majmuasini barpo etish masalasiga oid uchrashuvi haqida xabar bergan edik.
Unda hokim STELLA haqida ma’lumot berib, xiyobonda bironta ham daraxt kesilmasligi hamda piyodalar, velosipedlar yo‘laklari qurilishini aytar ekan, yig‘ilganlar orasidan kimdir baland ovozda ruscha gapirishini so‘radi.
«O‘zbekcha gapiryapman, O‘zbekistonda yashayapman, o‘zbekcha gapiryapman. Xohlasangiz «perevodchik» oling yoningizga», deb javob qaytardi u.
«Bu yerda men yana qaytarib aytaman, tushunishni xohlayotganlar bor, xohlamayotganlar bor. Men ko‘rib turibman, umuman hech narsadan rozi bo‘lmayapti. Qayerdan nima qilyapti, nima bo‘lyapti? O‘zi umrida kelganmi bu parkka?
Bu parkni meni ham saqlab qolish niyatim bor. Tushuntira oldimmi? Bu parkni 10 yil 5 yil uchun emas, 100 yillab saqlab qolish niyatim bor. Bu yerga hech kim tegolmasligini xohlayman. Tegolmasligi uchun bu yerga imzo qo‘yib ketish kerak», dedi hokim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"