20:43 / 15.02.2021
1 667

Beshariqda ota farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan barcha aliment pulini to‘lab berdi

Beshariqda ota farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan barcha aliment pulini to‘lab berdi
Majburiy ijro byurosi Beshariq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 13.12.2017 yildagi 2816/17-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor Z.Xoshimovdan undiruvchi D.Mo‘minova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Z.Xoshimovdan uzluksiz undirib kelingani holda 10.02.2021 yilda qarzdor 2014 yilda tug‘ilgan farzandi Raxmatillayev Ziyohiddinni 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan aliment pulini hisob-kitob qilib berish haqida davlat ijrochisiga murojaat qilgan.

Dastlab bu haqda undiruvchi D.Mo‘minova ogohlantirilib, uning roziligi asosida farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr uchun 28,7 mln. so‘m aliment hisoblangan bo‘lsada, qarzdor Z.Xoshimov tomonidan 30 mln. so‘m pul mablag‘i aliment uchun to‘lab berilishi ta’minlangan.

Undiruvchi Z.Xoshimovning arizasiga asosan ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilib, vaqtincha tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov va taqiqlar to‘liq bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Beshariqda ota farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan barcha aliment pulini to‘lab berdi