Foto: Bihus.info
Koronavirusdan tuzalgan odamlarda terlash, charchoq va depressiya kuzatilishi mumkin, bu boshqa alomatlar qatorida koronavirusdan keyingi sindromini tashkil qiladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-reabilitatsiya markazi direktori Igor Nikitinning ta’kidlashicha, termoregulyatsiya va diqqatni bir joyga to‘plashdagi muammolar koronavirusdan keyingi sindrom bo‘lib, ushbu alomatlar asab tizimining shikastlanganidan dalolat beradi.
«Bu terlash, juda tez charchash, oldin bemalol bajarilgan jismoniy mashqlar xuddi imkonsizdek bo‘lib qolishiga o‘xshaydi», — deya qo‘shimcha qiladi Nikitin.
Shuningdek, u koronavirusdan keyingi sindromning belgilari qatorida yurak-qon tomirlarining shikastlanishi, buyraklar vazifasining o‘zgarishi, bundan tashqari, depressiyani sanab o‘tgan.
Shu bilan birga, reabilitatsiya dasturi aniq belgilarga bog‘liq va soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Bunga qadar britaniyalik olimlar koronavirus miya faoliyatiga, braziliyalik stomatologlar esa virusning bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini, shuningdek, koronavirusdan tuzalgan bemorlarning immun tizimida muammolar kuzatilayotganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi