17:43 / 16.02.2021
1 371

Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona postiga xorijdan keltirilgan 2 turdagi mato tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l kuzatuv hujjatlarida 2 turdagi “sun’iy iplardan bosilgan mato” va “Shtapel tolali mato” deb ko‘rsatilgan tovarlar aslida “turli xil rangli iplardan to‘qilgan matolar” hamda ”to‘qimachilik materiallari” ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Qiymati 646 mln. 872 ming so‘mni tashkil etgan mazkur “turli xil rangli iplardan to‘qilgan matolar” hamda ”to‘qimachilik materiali” tovarlari vaqtincha saqlovga olindi va 60 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi