22:08 / 16.02.2021
1 555

Sifati kafolatlanmagan 142 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi

Sifati kafolatlanmagan 142 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi
Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmokda.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Sayxunobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.U. boshqaruvidagi “Hyundai Porter” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro S.J.ga tegishli, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 20 ta kog‘oz kutilarga joylashtirilgan, umumiy kiymati 143 million so‘mlik jami 2779 dona tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan 142 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi