07:30 / 17.02.2021
1 940

Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi

Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi
Bojxona organlari tomonidan tovarlarning noqonuniy aylanmasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan navbatdagi “YAMA” tezkor tadbirini o‘tkazishdi.

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.N.ga tegishli bo‘lgan noturar bino ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu binoda noqonuniy tarzda sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 302,4 million so‘mlik 2520 quti “Arbidol” nomli dori vositalari saqlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir ishning qiyig‘i chiqdi