"Tanasi qani?": bug‘u aks etgan surat internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda

"Tanasi qani?": bug‘u aks etgan surat internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda
O‘rmonda daraxt ortida turgan bug‘uning surati ijtimoiy tarmoqlarda “virus” tezligida tarqaldi. Suratda jonivorning faqat boshi ko‘ringan.
"Tanasi qani?": bug‘u aks etgan surat internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda
Foydalanuvchilar “bug‘uning tanasi qanday qilibkichik daraxt orqasida ko‘rinmay qoldi” deya hayron qolishmoqda.

The Dodo yangiliklar portali yozishicha, g‘ayrioddiy suratning muallifi -Xantington (Indiana, AQSh) shahrida istiqomat qiluvchi Jenni Makmillan. Ayol o‘rmon yaqinida yashaydi, oqdumli bug‘ular yegulik izlab tez-tez bu hududga "mehmonga" keladi.

Surat ijtimoiy tarmoqlarga tushgach, bir necha kun ichida tez tarqalib ketdi.

Odamlar o‘z izohlarida, bug‘uning tanasi qayerga g‘oyib bo‘lgani yuzasidan turli taxminlarni bildirishmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar