2 712
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan uchta asosiy muammoni aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekistonning yanada rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir qancha muammolarga to‘xtalib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Bugungi islohotlarimizni amalga oshirish jarayonida, albatta, o‘ziga xos to‘siqlar mavjud. Bular bir yoki bir qancha emas. Ammo men hozir ularning eng muhim uchtasini sanab o‘taman.
Birinchisi, kadrlar masalasi. Men bunga deyarli har bir chiqishimda to‘xtalaman. Xabarlaringiz bor, aravani tortmayotgan, bugungi talablarga javob bermayotgan amaldorlarni ishdan olyapman. Biz yillar davomida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy ta’lim sohalariga jiddiy e’tibor bermadik. Shu bois ham kadrlar masalasi bugungi kunga kelib, asosiy muammolardan biriga aylandi.
Uch yildan buyon ta’lim sohasiga katta ahamiyat qaratyapmiz. Bugungi harakatlarimiz yaqin yillarda o‘zining, albatta, samarasini beradi va kadrlar masalasi ham yechim topadi, degan umiddaman.
Ikkinchi muammo shuki, korrupsiya illati. Korrupsiya oyog‘imiz tagida turibdi. Ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashadigan agentlik tuzdik, qurilish, tibbiyot kabi bir qancha sohalarda «korrupsiyasiz soha» tizimini joriy qilishga kirishdik. Bu harakatlarimiz ham ma’lum vaqt o‘tib, ijobiy samara ko‘rsatishiga ishonaman.
Uchinchi to‘siq — bu ko‘plab davlat idoralari rahbarlarining saviyasi, bilimi bugungi zamon talabida emas. Shuning uchun ham zamonaviy dunyoqarashga ega, bir qancha tillarda erkin so‘zlashadigan yoshlarni rahbarlikka tayinlayapman. Ammo bu borada ham hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p», — dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi