13:05 / 19.02.2021
4 229

Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ko‘p armonlarini qog‘ozga tushirgan, ammo hech kimga ko‘rsatmagan — Prezident

Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ko‘p armonlarini qog‘ozga tushirgan, ammo hech kimga ko‘rsatmagan — Prezident
Arxiv foto.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyat faollari bilan o‘tayotgan yig‘ilishda Erkin Vohidov va Abdulla Oripov haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi.

Erkin Vohidov bilan ko‘p suhbatda bo‘lganman. O‘sha og‘ir vaqtlari tunda bo‘lsa ham Erkin akani ko‘rib kelardim. U og‘ir vazmin, haqiqiy millatparvar inson edi.

Erkin aka bilan qilgan suhbatlarimiz haqida hozir aytib bo‘lmaydigan gaplar ham bor. Nasib qilsa, xalqimiz oyoqqa turib olsin, hammasini kitob qilib, yozib qoldiraman.

Jizzaxda ishlagan vaqtimda Abdulla Oripov bilan suhbat qilsam taskin topardim. Yarim kun yursak uchta she’r yozib berardi. Bu she’rlarning mazmuni o‘nta kitobga tatirdi. O‘sha she’rlar hozir ham menda saqlanmoqda. Bekorga muzey tashkil etmadik. Vaqti kelganda e’lon qilinmagan suratlarni ham xalqimizga ko‘rsatamiz.

Mening juda katta armonlarim bor. Bu shoirlarimiz hali yashasa bo‘lardi. Agar ular hozir adabiyotga berayotgan e’tiborni, adiblar xiyobonini ko‘rganda edi, yangicha ilhom olgan bo‘lardi, bunga men ishonaman.

Bu ikki adibimiz juda ko‘p armonlarini qog‘ozga tushirgan, ammo birovga ko‘rsatmagan. O‘zi o‘qigan xolos
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkin Vohidov va Abdulla Oripov ko‘p armonlarini qog‘ozga tushirgan, ammo hech kimga ko‘rsatmagan — Prezident