19:19 / 19.02.2021
2 096

Prezident Mirziyoyev azon haqida: “Qanday quloqqa yoqimli...” (video)

Prezident Mirziyoyev azon haqida: “Qanday quloqqa yoqimli...” (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi Dashtbog‘ kichik sanoat zonasidagi korxonalarni ko‘rganidan keyin, mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ismoil Kirgizov va Malika Parpiyeva xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida mahalla masjididan taralgan azon ovoziga Prezidentimiz: “Xudoga shukr, azonlarni oldin eshitarmidik? Qanday quloqqa yoqimli? Hamma narsa yopiq edi, mumkin emas edi. Nimaga mumkin emas?! Buyam o‘zligimizni anglash. Bizning qadriyatimiz bu. Islom dinini bilgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi. O‘qigan odam, to‘g‘ri tahlil qilgan odam, to‘g‘ri yo‘l tanlagan odam dinimizning buyukligini, insonparvarligini, ezgu niyatlari borligini tarannum qilishimiz kerak. Imom Buxoriydek bobomiz qayerda bor? Moturidiydek bobomiz qayerda bor?..” – degan va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini qurish maqsad ham o‘zligimizni anglash, yoshlarimizga bobolarini tanitish, kimga munosib bo‘lishi kerakligini anglatish ekanligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Mirziyoyev azon haqida: “Qanday quloqqa yoqimli...” (video)