16:35 / 20.02.2021
1 366

Meros ulushi uchun 44 mln. so‘m kompensatsiya undirib berildi

Meros ulushi uchun 44 mln. so‘m kompensatsiya undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor Sh.Ismailovadan undiruvchi R.Sattarovaning foydasiga ulushni kompensatsiya shaklida undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Sh.Ismailova qarzdorlikni to‘lab berishi, aks xolda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida joriy iylning 18 fevral kuni Sh.Ismailovadan R.Sattorova foydasiga nizoli bo‘lgan Qarshi shahar, Mahallot MFYdagi turar joy meros ulushi uchun 44 mln. 246 ming so‘m undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Meros ulushi uchun 44 mln. so‘m kompensatsiya undirib berildi