19:39 / 20.02.2021
1 792

Prezident maktablari bitiruvchilari xorij OTMlaridan jami 3,3 mln dollarlik grant takliflarini olgan

Prezident maktablari bitiruvchilari xorij OTMlaridan jami 3,3 mln dollarlik grant takliflarini olgan
Foto: «Azculture.uz»
O‘zbekistondagi Prezident maktablari 11-sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligi xorij oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun hujjat topshirgan va aksariyati bu borada takliflarni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

«Prezident maktablari 11-sinf o‘quvchilarining ko‘pchiligi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun hujjat topshirishgan. Ularning aksariyati yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, bir necha oliy o‘quv yurtidan taklif olishdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchilarga jami 3 351 556 dollarlik grant takliflari berilgan. Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablarining 49 nafar o‘quvchisi bu takliflarni AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi ta’lim borasida yetakchi davlatlar oliy ta’lim muassasalaridan olgan.

Xususan, bitiruvchilarning 30 nafari AQSH OTMlaridan takliflarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya borasida ushbu ko‘rsatkich 15 taga teng.

«Rahmatjon G‘aipov AQSHning 6 ta oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinib, 4 ta universitetidan 308 ming dollarlik grant yutdi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20 fevraldagi «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan tashkil etilib, mamlakatda iqtidorli yoshlarni o‘qitish tizimini yaratish hamda kelgusida ularda rahbarlik va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident maktablari bitiruvchilari xorij OTMlaridan jami 3,3 mln dollarlik grant takliflarini olgan