1 952
Jizzaxda mast erkak ayoli va singlisini haqorat qilgan do‘stini tayoq bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi
Jizzaxda mehmondorchilik vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 fevral kuni soat 09:40 larda Forish tumani «Mustaqillik» MFYdagi Kattasoy qishlog‘i hududida joylashgan 74-sonli maktabning yonidan 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning jasadi tan jarohatlari bilan topilgan.
Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida marhum 14 fevral kuni kechqurun hamqishlog‘ining yashash uyida uch kishi bo‘lib ulfatchilik qilgani aniqlangan. Mast holatda bo‘lgan og‘aynilar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal davomida mehmonlardan biri ikkinchisining bosh qismiga «nega singlim va ayolimni haqorat qilasan?» deya aroq shishasi bilan urgan. Shundan so‘ng mehmonlar uylariga tarqalgan, biroq yo‘lda janjal yana davom etgan.
Tayoq bilan bosh qism va tananing boshqa sohalariga yetkazilgan jarohat sabab jabrlanuvchi yerga yiqilgan. Zo‘ravon erkak ulfatini uyiga olib borishga kuchi yetmagani sabab uni hodisa joyida qoldirib ketgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi