Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati
Namangan viloyati hokimi bugundan boshlab Namangan shahridagi «Bunyodkor» mahallasida istiqomat qilishini bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Shavkat Abdurazzoqov bu haqda mahalla aholisi bilan uchrashuvi davomida ma’lum qilgan.
«Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga «viloyat hokimining uyi» deb yozib qo‘yiladi. Bu yerdagi holatni o‘nglab, keyin boshqa holati og‘ir hududga o‘tamiz», — dedi Shavkat Abdurazzoqov.
Bugun erta tongdan ushbu mahallaga yuzlab ishchi-xodim va hasharchilar jalb etilgan. Shaharning chekka hududida yerlarni tekislash, elektr tarmoqlari tortish, obodonlashtirish ishlari boshlandi. Uzoq yillar davomida foydalanishda bo‘lgan chiqindixona yopilib, mahalla idorasi qaytadan quriladi.
Mahallaga toza ichimlik suvi keltiriladi.
«Bu yerda 3 gektar joyda kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan 12 ming kishi yashaydigan mahallada 1000 nafar odam ishli bo‘ladi», — dedi viloyat hokimi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni «Bunyodkor» mahallasida bo‘lgan va ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan hududdagi ahvol uchun shahar hokimi va prokuroriga tanbeh bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi