
Foto: Namangan viloyati IIB
Namanganda elektropoyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 20 fevral kuni soat 07:10 larda Rouston-To‘raqo‘rg‘on temir yo‘l oralig‘idagi 82-kilometr 9-piketda Namangan tumani «Mirishkor» MFY hududidan o‘tgan, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Farg‘ona viloyatida yashovchi 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi «ZIL-131» rusumli yuk mashinasi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.
Oqibatda temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan elektropoyezd bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Foto: Namangan viloyati IIB
Natijada «ZIL-131» haydovchisi ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘ng tomon qovurg‘alari yopiq sinishi tan jarohati bilan Namangan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Elektropoyezd esa soat 07:48 da harakatni davom ettirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar