20:20 / 23.02.2021
1 326

Aliment to‘lamagan 7 nafar ota javobgarlikka tortildi

Aliment to‘lamagan 7 nafar ota javobgarlikka tortildi
Hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi.

Albatta, bunday vaziyatda bola ta’minoti uchun aliment sudning hal qiluv qaroriga asosan undiriladi. Ammo, shundan so‘ng ham, sud qarorini bajarmay, o‘z farzandi uchun aliment to‘lamasdan yurgan ota-onalarga javobgarlik choralari ham bor, albatta.

Jumladan, «Uymovut» MFYda yashovchi S.M. fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2016 yil 23 iyun kungi sud buyrug‘iga asosan 2 nafar farzandi uchun aliment to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida va to‘liq to‘lamasdan kelgan. Alimentdan 29 mln 734 ming 963 so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan otaga sudda 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, «Bo‘ston» MFY.da yashovchi qarzdor A.Z.ga ham bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashi yuklatilgan. Bundan bo‘yin tovlab yurgan otaning ham qarzi yig‘ilib, 14 mln 658 ming so‘mni tashkil etgan.

Shu kuni, alimentdan bo‘yin tovlab yurgan jami 7 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47/4 moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Davlat Irisov
MIB Shahrisabz shahar bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lamagan 7 nafar ota javobgarlikka tortildi