14:35 / 24.02.2021
1 958

Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketdi (video)

Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketdi (video)
Kadr: YouTube
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomobillar chiqarib olingani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 fevral kuni dovonga yog‘gan qor sabab 30 daqiqa oralig‘ida ikkita mashina ishtirokida avariya sodir bo‘lgan. Nexia-1 va Nexia-3 avtomobillari yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari zudlik bilan haydovchilarga yordam berish uchun yetib kelgan. Ikkala holatda ham qurbonlar aniqlanmagan.

Shuningdek, videoda Qamchiq dovonida 24 fevral kuni tongdan tegishli xizmatlar tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, maxsus texnikalar yordamida yo‘llarning tozalanayotganini ko‘rish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketdi (video)