2 480
Toshkentda turmush o‘rtog‘ini yolg‘on bilan uyiga qaytarmoqchi bo‘lgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda ayolning turmush o‘rtog‘ini uyiga qaytarish uchun o‘ylab topgan yolg‘oni jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Tergov departamenti.
20 fevral kuni 41 yoshli ayol D.M. Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi soat 02:20 larda Shayxontohur tumani Uchlola ko‘chasida joylashgan xonadonining kirish yo‘lagi oldida voyaga yetmagan 16 yoshli o‘g‘li M.T.ni yuziga niqob kiyib olgan noma’lum shaxs urib, 20 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini olib qochganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida D.M. turmush o‘rtog‘ini uyiga qaytarish maqsadida ushbu yolg‘onni o‘ylab topganligini aytgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi