2021 yil 22 fevral kuni soat 17:30 larda Toshkent shahri Sergeli tumani Qo‘yliq dahasida joylashgan avtomashina yuvish shahobchasida 29 yoshli Ziyoda R. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida qoldirgan. Yollanma ishchi 37 yoshli Qahramonjon E. kaliti bilan qoldirib ketganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma’lum tomonga olib qochgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu avtomashina Andijon viloyati YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida shikastlangan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Qahramonjon E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Qahramonjon E.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqarolarni moddiy boyliklariga befarq bo‘lmaslikka, o‘zi tanimagan shaxslarga avtomashinani ishonib topshirmamaslikka chaqiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi