Foto: NRI Achievers / Forbes India
Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasining asoschisi deya taxmin qilingan va MJ Developers asoschisi hisoblanuvchi dubaylik magnat Murari Lal Jalan O‘zbekistonda aviakompaniya ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Hindu Business Line’ga tayanib, Spot xabar berdi.
Nashrning ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlarda yozilishicha, Murari Lal Jalan Namanganda yangi aeroport qurish, shuningdek, sohada to‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi yangi aviakompaniyani yaratish ustida O‘zbekiston hukumati va Namangan viloyati rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, bu respublikaning aviatsiya va turistik sohalarining rivojlanishiga yangi turtki beradi. Birinchi bosqichda MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlariga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. Murari Lal Jalan ham aeroportning, ham aviakompaniyaning majoritar aksioneriga aylanadi.
Aviakompaniya parkidan B737 Max, Airbus A330 va Boeing 787 Dreamliner samolyotlari o‘rin oladi. Aviakompaniyaning Bombardier, Hawkers va Augusta samolyot hamda vertolyotlaridan iborat HNI va Ultra HNI nomli sho‘’ba korxonasiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)