1 748
O‘zbekistonda vaksinatsiya tadbirlari uchun 3 mingdan ziyod emlash punktlari tashkil etiladi
21–27 fevral kunlari aholini emlash jarayoniga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha qayta va to‘liq tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Bu haqda innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda emlanishi zarur bo‘lgan shaxslarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, 3 ming 138 ta emlash punkti, 862 ta harakatdagi va mobil brigada faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilyapti. Bitta markaziy, o‘n to‘rtta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaksina saqlash joyi mavjud bo‘lib, ulardagi 457 ta sovitkich, 148 ta elektr generatori, 121 ta termosumka va termokonteynerlar shay holatga keltirildi.
«Bundan tashqari, aholini koronavirusga qarshi emlashga talab yuqori bo‘lgan taqdirda, hududlardagi sport inshootlari yoki boshqa binolar, hozir konservatsiya qilingan taqsimlash va saralash markazlarida vaksinatsiya tadbirlarini ommaviy tashkil etish rejalashtirilgan. «Sovuqlik zanjiri» tizimini saqlagan holda vaksinalarni hududlar orqali tashish uchun mamlakatimizga o‘n yettita avtorefrijerator va ikki yuz oltita mini-avtorefrijerator keltirildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy byurosi hamkorligida shu yilning 21–27 fevral kunlari aholini emlash jarayoniga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha qayta va to‘liq tayyorgarlikdan o‘tkaziladi», deya ma’lum qilgan Shahlo Turdiqulova. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi