
Bugun tadbirkor bo‘laman deganning yo‘liga hech kim g‘ov bo‘layotgani yo‘q. Faqatgina belgilangan tartib-qoidalarga amal qilgan holda qonuniy faoliyat olib borsa kifoya. Biroq, bu imkoniyatlardan unumli foydalanish o‘rniga qing‘ir yo‘l bilan daromad topish ilinjida yurgan qo‘shtirnoq ichidagi soxta tadbirkorlar ham afsuski uchrab turibdi.
Hususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro E.U. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Tacuma” rusumli, avtotransport vositasida, shartli xaridorga turli hajmdagi idishlarga qadoqlangan, 139,85 litr qalbaki aksiz markalari bilan markalangan alkogolli ichimliklarni noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar