Kadr: Videodan skrinshot
Toshkentda o‘tkazilgan tungi reyd davomida o‘zga shaxsning telefonini o‘g‘irlab ketayotgan shaxs Patrul post xizmati vakillari ishtirokida qo‘lga olindi, deya xabar qilinmoqda «Toshkent» telekanalida.
Qayd etilishicha, M.B. tanishi bilan bozorga savdo qilgani tushganda ularning yoniga noma’lum yigit kelib qo‘ng‘iroq qilib olish uchun telefonini so‘ragan.
«Telefonni berdim. U telefonda chaqirgan do‘sti yo‘lning narigi tarafida kelayotganini aytib o‘sha tomoniga o‘tib ketdi. U bola bir daqiqaga yaqin telefonda gaplashib turdida, birdaniga qochib qoldi.
Uning orqasidan quvlab ketayotib, PPX xodimlarini ko‘rdim. Ularga qochib ketayotgan bolani tutishlarini so‘radim. O‘g‘rini ular bilan birga ushladik», – deydi jabrlanuvchi.
Ushbu jinoyatga qo‘l urgan yigitning aytishicha, bu ishni sevgan qiziga narsa olib berish uchun qilganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"