Illustrativ foto
Shu yilning 23-24 fevral kunlari ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minotidan uzilib qo‘yilganligi hamda elektron gaz hisoblagich o‘rnatilgan xonadonlarda gazning avtomatik tarzda o‘chib qolishi va to‘lov mavjud bo‘lganiga qaramay tarmoqqa qayta ulanish muammolari ko‘plab keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Aholi gaz ta’minoti idoralarida erta tongdan kechgacha navbatda tursa ham muammosi hal bo‘lmay qolgani uchun bunday e’tiroz bildirishga majbur bo‘lgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, Agentlik o‘z vakolati doirasida Toshkent viloyatining Toshkent va Yangiyo‘l tumanlaridagi vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, muammolarni barataraf qilish yuzasidan bir qator tezkor tadbirlarni amalga oshirdi.
Muammo sabablarini o‘rgangan holda, Agentlikning Toshkent viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filialiga tabiiy gazni yetkazib berishda iste’molchilarning ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘luvchi omillarni tezkor ravishda bartaraf qilish to‘g‘risida so‘rov xati yuborildi va shu kunning o‘zida 150 nafarga yaqin iste’molchilarni gaz ta’minotiga qayta ulanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda o‘chib qolishi bo‘yicha murojaatlarni o‘rganish doirasida elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani va mazkur dalolatnoma asosida «CSV» bazasiga ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilganini aniqladi.
Buning oqibatida bir nechta xonadondagi hisoblagichlar bo‘yicha seriya raqami bazaga bir xil kiritilgan bo‘lib, bu holat bitta qarzdor abonent bilan bir qatorda, boshqa haqdor abonentlarning ham tarmoqdan o‘chirilishiga olib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Gazdan qarzdorlik to‘g‘risida SMS xabar yuborish boshlandi

Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrining 4 ta tumanida tabiiy gaz vaqtinchalik o‘chiriladi

O‘tgan yilda iste’molchilar eng ko‘p qaysi sohadan shikoyat qilishdi?

Diqqat: 1 iyundan gazdan qarzi borlardan eng kam ish haqining ikki barobarida to‘lov undiriladi