08:00 / 28.02.2021
2 313

Chilonzordagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi

Chilonzordagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi
Foto: IIV
Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9A-uy Guliston ko‘chasida joylashgan «Shovotlandiya» kafesining yoqib yuborilishi oqibatida besh nafar fuqaro halok bo‘lgani xabar qilindi.

Dastlabki tezkor-tergov harakatlari, mazkur yong‘in hodisasi begona shaxs tomonidan qasddan amalga oshirilganligi haqidagi dalillarni yuzaga chiqarib, darhol ushbu holat IIV rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs joriy yilning 27 fevral kuni soat 03:30larda «Matiz» rusumli avtomashinada manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatib, yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyat muqaddam JKning 164-moddasi 4-qismi, 168-moddasi, 3-qismi, 127-moddasi, 3-qismi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzordagi kafeni qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlandi