2 098
Gonkong politsiyasi ko‘cha poygalarida ishtirok etgan 46 ta superkarni tuzoqqa tushirdi (video)
Kadr: Facebook
Gonkong politsiyasi ko‘cha poygalari bo‘yicha kelib tushgan ko‘plab shikoyatlar bo‘yicha chora ko‘rdi. Hukumat superkarlar egalarining navbatdagi yig‘ini qachon o‘tkazilishidan xabar topib, ko‘chani yopib qo‘ygan va birdaniga 46 ta stritreyserni qo‘lga olgan. Haydovchilarning barchasiga jarima belgilangan, mashinalardan biri esa jarima maydonchasiga yuborilgan, deb xabar beradi Motor.
Fossington nomi ostidagi maxsus operatsiya erta tongda o‘tkazilgan. Superkarlar kolonnasi xolis tekshiruv uchun to‘xtatilgan — yo‘l-patrul xizmati xodimlari noqonuniy tyuning, to‘lanmagan jarimalar va boshqa qoidabuzarliklarga e’tibor qaratgan.
Tuzoqqa birdaniga 46 ta superkar tushgan: 20 ta Lamborghini, 14 ta Ferrari, 5 ta Porsche, 3 ta McLaren, 2 ta Nissan GT-R va bittadan Audi R8 va Mercedes-AMG GT. Jarimalar ushbu avtomobillarning barchasiga yozilgan, jumladan, politsiya 9 ta avtomobilning ro‘yxatdan o‘tkazilishini to‘xtatib qo‘ygan, ya’ni ushbu mashina egalari undan foydalanishni davom ettirishlari uchun texnik inspeksiyadan o‘tishi kerak. Nissan GT-R jarima maydonchasiga olib ketilgan.
Gonkong hukumatining bu kabi keskin choralarni qo‘llashiga 2020 yilda ko‘cha poygalari bo‘yicha kelib tushadigan shikoyatlarning 40 foizga oshgani sabab bo‘lgan. Murojaatlar asosan dam olish va bayram kunlari kechasi hamda erta tongda kelib tushgan — aholi haddan ortiq shovqindan norozi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi