07:00 / 04.03.2021
1 958

Buxoroda 1000 ta «konteyner uy» imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi

Buxoroda 1000 ta «konteyner uy» imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
Foto: «Xalq so‘zi online»
Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilda Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda «temir daftar»ga kirgan shaxslarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularni maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohalariga jalb qilish maqsadida bo‘shagan yuk konteynerlaridan samarali foydalanib, zamonaviy ko‘rinishda jihozlagan holda, aholi punktlarida o‘rnatish choralarini ko‘rish topshirig‘i berilgandi.

«Xalq so‘zi online»ning Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib yozishicha, mazkur ko‘rsatma asosida viloyat hokimligi, bojxona boshqarmasi hamda «Remont mexanika» zavodi bilan hamkorlikda ishchi guruhi tuzilib, hozirgi kunga qadar respublikaning turli hududlaridan 1000 donaga yaqin konteyner yig‘ilmoqda.

Ular zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanib va jihozlanib, imtiyozli kredit asosida viloyatdagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

Foto: «Xalq so‘zi online»
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham konteynerga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Undan avval Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov shaharning «Bunyodkor» mahallasiga konteyner o‘rnatib, vaqtinchalik o‘sha yerda yashashini ma’lum qilgandi. Keyinroq yirik konteyner atrofi beton panjaralar bilan o‘ralgani, hovliga fuqarolarni qabul qilish uchun shiypon o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 1000 ta «konteyner uy» imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi