DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatga chek qo‘yildi.
Xususan, Buxoro shahrida yashovchi, 1983 y.t. J.R. va Urganch shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. Q.D.lar aldov yo‘li bilan 1999 yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan S.M.ning ishonchiga kirib, uni fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida «Toshkent-Sharja», «Sharja-Maskat» yo‘nalishi bo‘yicha Ummon davlatiga olib chiqib ketayotgan vaqtlarida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.
Tergovoldi surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, J.R. Ummon davlatidan S.M.ga viza rasmiylashtirib, aviachipta xarid qilgan.
Ta’kidlash lozimki, J.R. muqaddam BAA va Ummon Sultonligiga qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborganlikda ayblanib, Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda J.R. va Q.D.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi