14:30 / 04.03.2021
11 233

Raqqosa Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgani va bunga sabab bo‘lgan holat haqida gapirib berdi

Raqqosa Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgani va bunga sabab bo‘lgan holat haqida gapirib berdi
Foto: Instagram / @irodaismailova_dancer
Taniqli raqqosa Iroda Ismoilova «Mirsodiqova bilan» YouTube kanaliga bergan intervyusida yetti yillik turmushidan ajrashayotgani hamda bunga turtki bo‘lgan sabab haqida gapirib berdi.

«Bu vaziyatda hech kimni ayblay olmayman. Birinchidan, ‘qars ikki qo‘ldan chiqadi’, deyishadi, ikkinchidan, bu taqdir. Bu mavzuning davom etmaslik sababini aytadigan bo‘lsam, hali sobiq emas, turmush o‘rtog‘im boshqa ayol bilan turmush qurdilar, menimcha, farzand ham kutishyapti. Ularning baxtli bo‘lishini xohlayman. U ayolning hech qanday aybi yo‘q.

Men hech qachon ko‘rmaganman, qo‘lim bilan ushlamaganman. Bitta sabab bo‘lgan. Ularning yozishmasini ko‘rib qolganman. U yerda erim ‘Mening ayolim bachadon saratoni bilan kasallangan’, deb yozgan. Shuni kechira olmadim, bo‘ldi. Men xiyonat qildilar, deb ayta olmayman. Saraton degani, men har kuni ertalab turib senga o‘lim tilayman, degani. Nima uchun?
», — deydi raqqosa.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Raqqosa Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgani va bunga sabab bo‘lgan holat haqida gapirib berdi