10:13 / 05.03.2021
1 532

Jinoyat protsessini yuritishda ashyoviy dalillar bilan ishlash tartibi tasdiqlanadi

Jinoyat protsessini yuritishda ashyoviy dalillar bilan ishlash tartibi tasdiqlanadi
Jinoyat protsessini yuritish chog‘ida ashyoviy dalillar va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Bosh prokuratura, Oliy sud, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasining Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi qarori (2010 yil) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Yo‘riqnomaning aksariyat bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ehtiyoji mavjudligi sababli, uni “Jinoyat protsessini yuritish chog‘ida ashyoviy dalillar va boshqa moddiy qimmatliklar bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” nomi bilan yangi tahrirda qabul qilish taklif qilinmoqda.

Xususan, loyiha tahririy jihatdan amaldagi bir qator qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilmoqda. Jumladan, loyihani ishlab chiqishda:

1) “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun 8-moddasi va 2019 yil 14 noyabrdagi 584-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 5-moddasiga asosan ko‘p kvartirali uyni boshqarishda bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlar shirkati bo‘lgan notijorat tashkilotlari qayta tashkil etildi va ushbu tashkilotlar nomlanishidan “xususiy” degan so‘z chiqarib tashlangan;

2) 2017 yil 6 sentabrdagi “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun bilan jinoyat-protsessual qonunchiligida tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv institutlari takomillashtirilgan;

3) Prezidentning 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1 va 2-bandlariga ko‘ra “ish haqining eng kam miqdori” o‘rniga moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini aniqlashda “bazaviy hisoblash miqdori” qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan;

4) Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 14 martdagi farmoniga ko‘ra, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilgan;

5) Prezidentning 2018 yil 31 oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistikasi tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 9-bandiga asosan IIV axborot markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari tugatilib, vazirlikning Tezkor-ma’lumotlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan;

6) Prezidentning 2020 yil 25 iyuldagi farmoniga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etilgan;

7) Prezidentning 2017 yil 21 apreldagi farmoniga ko‘ra, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilgan;

8) Prezidentning 2020 yil 22 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, fuqarolar identifikatsiya ID-kartalari joriy etilgan;

9) Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Davlat o‘q-gilzotekasi tashkil etilgani inobatga olingan.

Bundan tashqari, hozir ko‘pgina jinoyatlar elektron materiallardan foydalangan holda sodir etilayotganligi sababli loyihada bunday materiallar olib qo‘yish predmeti sifatida belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat protsessini yuritishda ashyoviy dalillar bilan ishlash tartibi tasdiqlanadi