Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, fuqaro D.K. «R.» ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, raqamli kripto valyuta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 1V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 AQSH dollariga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga o‘zining 5 foiz ustama foydasini qo‘shib hisoblab 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini kelishilgan «elektron hamyon»ga o‘tkazib berib, evaziga xaridordan 23 400 AQSH dollari va 800 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.K. va «R.» ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi