23:11 / 07.03.2021
1 502

Termizda harbiy qismga ishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi

Termizda harbiy qismga ishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, termizlik erkak 2 kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yishiga ishontirgan. U o‘zini viloyatdagi harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirgan va «xizmati» evaziga 3 000 dollar so‘ragan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi kelishilgan pulning 400 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi departament xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Termizda harbiy qismga ishga kiritish uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi