2 505
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov o‘zaro uchrashuvda nimalarni muhokama qilishi ochiqlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm borasidagi qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb jihatlari o‘rin olgan.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yo‘nalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va Bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakatimiz sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi