16:53 / 09.03.2021
2 706

Toshkentda yosh bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi

Toshkentda yosh bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, G‘ayrat D. ismli gumonlanuvchi aniqlanib, sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 119-moddasi 4-qismi (bola 14 yoshga to‘lmaganini bila turib, jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatgan holda g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb e’lon qilingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Otaning so‘zlariga ko‘ra, 11 yashar o‘g‘li 28 fevral kuni Chilonzordagi uyidan amakisining uyiga borish uchun qora rangli «Neksiya-3» avtomobiliga chiqqan.

Avvaliga ikki nafar boshqa yo‘lovchini manziliga eltib qo‘ygan taksi haydovchisi ovloqroq joyda mashinasi buzilib qolganini aytib to‘xtaydi va orqa o‘rindiqqa o‘tib, eshiklarni qulflaydi, so‘ng bolaning shimini yechib, unga nisbatan axloqsiz harakatlar qila boshlaydi.

Otasining aytishicha, bola qo‘rqib, yig‘lab qarshilik qilgach, haydovchi «ishini» to‘xtatib, uni aytilgan manzilga olib borib qo‘ygan va bu haqda hech kimga aytma, deb tayinlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yosh bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi